O‘zbekistonda 2023-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatkich pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdori, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklar summasini belgilashda mezon sifatida ishlatiladi.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari iyulda e’lon qilinadi. Statistika agentligiga ko‘ra, bu yil avvalgi yildagidan farqli ravishda ko‘proq tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazilgan. Ko‘rsatkichni qayta ishlash jarayoni ko‘proq vaqt olgani uchun uni yil yarmida e’lon qilish belgilangan.
Statistika agentligi “Gazeta.uz” e’lon qilgan yanvar oyidagi inflyatsiya rasmiy ko‘rsatkichi to‘g‘risidagi maqolaga munosabat bildirdi. Agentlikka ko‘ra, rasmiy statistik ko‘rsatkichlar “obyektiv kuzatuvlarda to‘plangan fakt hisoblangan ma’lumotlar hamda ilmiy asoslangan metodologiya” asosida shakllantiriladi.
Anomal sovuq kuzatilgan yanvar oyida aholi o‘z tanasida his etgan sezilarli inflyatsiya negadir rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichida aks etmadi. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev real voqelikda inflyatsiya darajasi rasmiy inflyatsiya ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lganiga ishora qiluvchi bir qator statistik raqamlarni tahlil qiladi.
O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.
Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Ta’minotning cheklanishi Rossiyadan to‘rt oy ichida 327,8 mln litr benzinni har litri uchun 4579 so‘mdan import qilgan O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin.
Yanvardagi prognoz ancha past bo‘lganiga qaramay, 2023-yilning birinchi choragida O‘zbekiston YAIM 5,5 foizga o‘sdi. Sanoat ishlab chiqarish va qurilish hajmi sezilarli darajada oshdi, yanvar-fevral oylarida ikkala ko‘rsatkich ham o‘tgan yildagidan ancha past bo‘lgan edi.
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 2022 yilda 5,7 foizga o‘sib, 888,34 trln so‘mni (80,4 mlrd dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi esa 2255 dollargacha oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting